Bugungi kunda quyosh panellariga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Ammo sifatli va samarali quyosh elektr stansiyasi o‘rnatish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish muhim:

1. Panel turi:

  • Monokristall – yuqori samaradorlik, uzoq xizmat muddati.

  • Polikristall – narxi arzonroq, ammo samaradorligi bir oz pastroq.

  • Amorf (noaniq shaklli) – elastik, lekin samaradorligi eng past.

2. Ishlab chiqaruvchi (brand):

Yaxshi nomга ega ishlab chiqaruvchilar (masalan, Jinko, Trina, Longi, JA Solar) kafolatli mahsulot taklif qiladi.

3. Kafolat muddati:

Panelga kamida 10-25 yilgacha kafolat berilishi kerak. Bu uning ishonchliligi belgisidir.

4. Quvvat (Watt):

Odatda 400W atrofidagi panellar uy uchun optimal hisoblanadi. Kam quvvatli panel ko‘proq sonni talab qiladi.

5. Foydalanish joyi:

  • Uy tomi – yassi yoki nishabli.

  • Yerni o‘rnatish – maxsus karkaslar orqali.
    Joy va yo‘nalishni to‘g‘ri tanlash energiya ishlab chiqarishga katta ta’sir qiladi.

6. Invertor sifati:

Quyosh paneli bilan birga invertor ham muhim. U ishlab chiqarilgan tokni foydali tokka aylantiradi. Kachonki invertor past sifatli bo‘lsa, tizim noto‘g‘ri ishlashi mumkin.

7. Sertifikat va standartlar:

  • CE, IEC, TUV kabi sertifikatlari borligiga e’tibor bering.

  • Bu mahsulot xalqaro sifat talablariga javob berishini bildiradi.