Epsolar LS 1012EU — bu PWM (ShIM) texnologiyasiga asoslangan zamonaviy zaryad nazoratchisi bo‘lib, kichik quyosh tizimlari uchun mo‘ljallangan. Qurilma maksimal 10A tok bilan ishlaydi va 12V tizimlar uchun mos keladi.
Zaryad nazoratchisi nima uchun kerak?
Zaryad nazoratchisi quyosh elektr stansiyasining muhim qismlaridan biridir. U quyosh panelidan kelayotgan kuchlanishni boshqaradi va akkumulyatorni ortiqcha quvvatdan himoya qiladi. Agar nazoratchi bo‘lmasa:
-
Akkumulyator ortiqcha quvvat oladi
-
Harorat oshadi, suyuqlik bug‘lanadi
-
Akkumulyator tez ishdan chiqadi
Zaryad nazoratchisi bunga yo‘l qo‘ymaydi — kuchlanish, tok va haroratni nazorat qiladi.
✅ LS 1012EU nazoratchining afzalliklari:
-
PWM (ShIM) texnologiyasi — akkumulyator umrini uzaytiradi va quyosh panellaridan maksimal samaradorlikni ta’minlaydi
-
USB port (5V/1.2A) — mobil qurilmalarni quvvatlash uchun (ba’zi modellarda 5V/2A port ham mavjud — LS3024EU)
-
Zamonaviy dizayn, qulay interfeys
-
Holat ko‘rsatkichlari — akkumulyator holatini LED indikatorlar orqali ko‘rsatadi
-
Mosfet tranzistorlari — mexanik tugmalarsiz boshqaruv
-
Himoya funksiyalari:
-
Qisqa tutashuvdan himoya
-
Ortiqcha quvvat va chuqur zaryadsizlanishdan himoya
-
Teskari polaritetdan himoya
-
Epsolar LS 1012EU — kichik quyosh tizimlari uchun ishonchli va funksional zaryad nazoratchisi!
There are no reviews yet.